FIAT yangi Fiat 600e modelini ishlab chiqarishni boshlamoqda.
2023 yil 4 iyul kuni Lingotto shahrida rasmiy taqdimot bo‘lib o‘tdi. Polsha davlatining Tixi shahrida sentyabr oyining 7 sanasida Stellantis zavodi yangi Fiat 600e ishlab chiqarish bo‘yicha loyihasini rasman boshlab yubordi. Betakoror va yangi 600e La Rrima modeli to‘q sariq «Sun of Italy» rangi bilan qoplangan.
Nihoyat, yangi Fiat600e avtomobili - avtomobil olamidagi B va B-SUV sinfiga mansub eng yaxshi jihatlarini o‘zida mujassamlashtira oldi. Bu bilan brend B-segmentga qaytganligini ham barchaga bildirib qo‘ydi. Brend taklif qilayotgan yechimlar - shaharsevar insonlarni ko‘ngliga manzur kelishi barobarida, italyancha o‘ziga xoslik hamda ekologiyavilikka moillikni ham unutmagan.
Mazkur avtomobilning a’lo darajadagi elektrik xossalariga qo‘yidagilarni sanab o‘tishimiz mumkin:
Aralash sikl WLTRda yo‘l yurib o‘tish quvvati - 400 km, shahar bo‘ylab esa – 600 kmgacha. Shuningdek, avtomomobil eng zamonaviy xavsizlik tizimlari bilan ham jihozlangan. Yangi Fiat 600e La Rrima va New Fiat (600e)RED, bu ikki xil turdagi to‘liq elektroprivodli avtomobillar – oilaviy avtomobillar bo‘lib, yon-atrofga bee’tibor bo‘lmaslikni hamda ijtimoiy farovonlik haqida ham qayg‘urishni bildiradi.
Tixi shahri haqida
Tixi shahrida joylashgan zavod 1975 yildan boshlab FIAT avtomobillarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bugungi kunda zavodda uch smenali grafik asosida tashkil etilgan ish jarayoniga ikki mingdan ziyod insonlar jalb qilingan. Mazkur zavodda ishlab chiqarilgan quyidagi avtomobillar, raqiblarini ortda qoldirib, “Yevropa yil avtomobili” sovriniga loyiq deb ko‘rilgan.
2023 yildа - Jeep Avenger;
2008 yildа - Fiat 500;
2004 yildа - Fiat Panda.
Zavoddagi ishlab chiqarish jarayoni Stellantis Rrodustion Way tizimiga asoslangan bo‘lib, bu tizim tufayli zavod o‘z oldiga yuklatilgan vazifalarni sifatli va samarali bajarib kelmoqda. Bunday tizim tufayli zavod xodimlari sifat hamda samaradorlikni to‘liq o‘z nazoratlariga olishlariga erishilmoqda. Zavod 1975 yildan boshlab to 2022 yilning dekabriga qadar 10,8 mln FIAT avtomobillarini ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.
2023 yil, 11 sentyabr, Turin.